O‘ttiz yil oldin suhbat bo‘lgan joyda front chizig‘i o‘tgan: bu yerda Masud himoyalangan, ikkinchi tarafdan Qobuldan sovet qo‘shinlari kelayotgan bo‘lgan.
Arafi sovet armiyasining Afg‘onistondan ketishi ijobiy voqea deya baholagan. Chunki urush Rossiya va Afg‘oniston xalqlarining do‘stligini ko‘p yil davomida vayron qilib kelgan.
“Endi odamlar Sovet ittifoqi va Rossiya – Afg‘oniston dushmani emasligi anglab yetishmoqda. Ezgu niyatlar bo‘lgan, ular harbiy vositalar orqali amalga oshirilmay qoldi. 90 yil ichida Afg‘onistonda ruslar va sovet odamlari juda ko‘p narsani bunyod qilganligini hamma yaxshi biladi. Rossiyasiz Markaziy Osiyoning ba’zi davlatlari yo‘qolib ketib va ularning hududini terrorchilar yoki amerikaliklar tomonidan bosib olinardi deb hisoblaydi odamlar”, - deydi Arifi.
Hozir Panjsherda odamlar tinch yashashmoqda, biroq juda kambag‘al. Ehtimol, kelajakda Afg‘oniston mustaqil va farovon bo‘ladi, hozircha u 43 davlatning yordamiga muhtoj, shuning uchun rivojlanish va erkinlik haqida gapishish qiyin.