O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada tantanali va munosib ravishda taqdirlandi

Chelyabinsk viloyati gubernatori va hududning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayevga medal topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy va hududning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Margarita Pavlova o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayevga “Yaxshilik qilishga shoshiling” ("Speshite delat dobro") medalini tantanali ravishda topshirdi. Bu haqda gubernatorning matbuot xizmati xabar qildi.

Boris Dubrovskiy o‘z nutqida Magnitorskdagi fojia dard, og‘ir judolik kuni sifatida xotiralarda mangu qolishini aytdi. O‘z hayotini xatarga qo‘yib, fidokorlik bilan o‘zining kasbiy xizmatini ado etgan va qalb chaqiruvi bilan u yerda paydo bo‘lganlar bilan faxrlanishini ta’kidlab o‘tib, Olamafruzga qahramonlik ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Magnitogorskda migrant 8 kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi

Hududning Inson huquqlari bo‘yicha “Yaxshilik qilishga shoshiling” medali Janubiy Uralda oltincha marta topshirilmoqda. Har yili jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va og‘ir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga ko‘maklashgan shaxslarga topshiriladi. Ushbu tadbirda 20 kishi medal bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada tantanali va munosib ravishda taqdirlandi

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan Olamafruz Abdullayevga O‘zbekiston TIV vaziri nomidan qimmatbaho sovg‘asi va O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig‘i topshirilgani haqida xabar qilgan edik.

O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik

O‘tgan yilning so‘nggi kunida Magnitogorsk shahrining Karl Marks ko‘chasida maishiy gaz portlashi oqibatida o‘n qavatli uyning podyezdlaridan biri qulab tushishi oqibatida 39 kishi halok bo‘lgan edi. Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev yetib kelib, sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam bergan edi.