O‘zbekcha xokkey: birinchi chempionatning birinchi o‘yini 8-fevralda

Xokkey bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi 17-martda yakunlanadi, 20-martdan esa pley off boshlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. O‘zbekistonda birinchi xokkey musabaqasi boshlanmoqda, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

“Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada "Binokor", "Xumo", "Semurg‘" va "Toshkent" jamoalari ishtirok etishadi. Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

O‘yinlar «Ice City» muz arenasida tashkil qilinadi. Dastlabki o‘yin 8-fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” va "Binokor" jamoalari orasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi xokkey chempionatining ochilish marosimi 1-fevral kuni bo‘lib o‘tgan edi.

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifasi – mamlakatimizda xokkeyni ommalashtirish va rivojlantirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xokkey bo‘yicha Respublika chempionati, kubogi, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilishdan iboratdir.