Toshkentda yirik YTH: odamlarni avtogen yordamida chiqarib olishga to‘g‘ri keldi – foto

Mirobod tumani Yangi qo‘yliq ko‘chasida “GENTRA” rusumli mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib ketadi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Toshkentda 6 fevraldan 7-fevralga o‘tar kechasi yana bir jiddiy YTH sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Mirobod tumani Yangi qo‘yliq ko‘chasida “GENTRA” rusumli mashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib ketadi.

Toshkentda yirik YTH: odamlarni avtogen yordamida chiqarib olishga to‘g‘ri keldi – foto

Boshqarma Qutqaruv otradining qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, mashina salonida qisilib qolgan haydovchini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olgan va tibbiyot xodimlariga topshirgan.

Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.