Senator Klinsevich: ogoh bo‘ling AQSh Markaziy Osiyoga "hujum" qilmoqchi

Ushbu hujumlar aslida Rossiyaga qaratilgan bo‘lsada, birinchi navbatda ular bilan Markaziy Osiyo hududi duch keladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Men Rossiyadagi Afg‘oniston urushi veteranlari ittifoqi raisiman. Ushbu lavozimda 25-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman, - deydi rossiyalik senator Frans Klinsevich.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston ilk bor MDH doirasida Afg‘oniston veteranlari uyushmalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi. Undan MDHning 9 mamlakati vakillari ishtirok etdi va O‘zbekiston prezidenti ham bunga shaxsan o‘z hissasini qo‘shdi.

“IShID” asta-sekin Afg‘oniston shimoliga o‘tmoqda – Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi

Bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida men barchani ogohlantirdim: Yaqin vaqt ichida Markaziy Osiyo hududi AQSh tomonidan tayyorlangan turli xil hujumlarga duch keladi. Ushbu hujumlar aslida Rossiyaga qaratilgan bo‘lsada, birinchi navbatda ular bilan Markaziy Osiyo hududi duch keladi.

AQSh taktikasi juda puxta o‘ylangan. Ular turli yo‘llar bilan Rossiya yoki Markaziy Osiyo davlatlari ichida ijtimoiy, iqtisodiy muammolar yaratishga urinmoqda. MDHning bir mamlakatida paydo bo‘lgan muammo, albatta, boshqa mamlakatga ham ta’sir qiladi. Axir biz shuncha vaqt birga bo‘lganmiz, ko‘plab ijtimoiy iqtisodiy aloqalar saqlanib qolgan.  Jamiyatda biror muammo paydo bo‘lganidan so‘ng esa – u yerda  turli buzg‘unchi jarayonlar tashkil qilishga imkon paydo bo‘ladi, - dedi Klinsevich.

Senator Klinsevich: ogoh bo‘ling AQSh Markaziy Osiyoga "hujum" qilmoqchi