TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Suriyadan kelgan jangarilar Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston xavfsizlik Kengashi kotibi Damir Saginbayev ma’lum qildi.
Kotibning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda, umuman dunyoda mavjud bo‘lgan zamonaviy xavflar - terrorizm va ekstremizm katta kuch va vositalarni to‘playotganligini ko‘rsatmoqda.
“Suriyada mag‘lubiyatga uchragan “Islom davlati” asta-sekin Afg‘oniston shimoli Markaziy Osiyo chegaralariga yaqin joyga o‘tmoqda”, - dedi Saginbayev.
Xavfsizlik kengashi kotibi ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston mamlakat janubidan Rossiyaning ikkinchi aviabazasini ochish masalasi na prezident, na xafsizlik Kengashi darajasida ko‘rilmayapti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilarni bostirish uchun Tojikiston va Qirg‘izistonda joylashgan bazalar va huquq tartibot organlari bilan birgalikda katta kuchga ega.
AQSh va uning ittifoqdosh davlatlar Suriyada 2014-yildan beri “Islom davlati”ga qarshi operatsiya o‘tkazishmoqda. Ular Suriya hukumati ruxsatisiz faoliyat yuritmoqdalar.
Dekabr oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Islom davlati ustidan g‘alaba qozonilganligi sababli Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishini ma’lum qilgandi.