TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Osiyo kubogidagi ishtirokidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning yangi reytingida 6 pog‘onaga yuqoriladi.
Endilikda O‘zbekiston milliy jamoasi 89-o‘rinni egallab turibdi.
Reyting yetakchiligini jahon chempionatining bronza medali sohibi Belgiya terma jamoasi saqlab turibdi. Jahon chempionati g‘oliblari fransuzlar esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Uchinchi o‘rin Braziliya vakillariga nasib etdi. Birinchi o‘nlikka Xorvatiya, Angliya, Portugaliya, Urugvay, Shveysariya, Ispaniya va Daniya kiritilgan.
Osiyo kubogida ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qatar jamoasi reytingda o‘z vaziyati a’lo darajada o‘nglab, 93-o‘rindan 55-o‘ringa sakrab oldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) jamoalari o‘rtasida yangilangan reytingda Eron (22-o‘rin), Yaponiya (27-o‘rin), Janubiy Koreya (38-o‘rin), Avstraliya (42-o‘rin), Qatar (55-o‘rin), BAA (67-o‘rin), Saudiya Arabistoni (70-o‘rin), Xitoy (72-o‘rin), Iroq (80-o‘rin), Suriya (83-o‘rin), Liviya (86-o‘rin) yuqori pog‘onalarni band etishdi.
Qirg‘iziston jamoasi esa 4 pog‘ona yo‘qotib, 95-o‘ringa tushib ketdi.
Hozir reytingda jami 211 milliy jamoalar keltirilgan.