Toliblarga ko‘ra, Afg‘onistonning keyingi hukumati islomiy bo‘ladi

AQSh o‘z harbiylarining teng yarmini joriy yil aprel oyiga qadar olib chiqib ketishini ma’lum qildi, deb bayonot berdi "Tolibon" harakati vakillari Moskvada o‘tayotgan tadbirda
Sputnik

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Moskvadagi afg‘onlararo uchrashuvda ishtirok etayotgan "Tolibon" vakillarining aytishicha? Afg‘onistonning keyingi hukumati islomiy bo‘ladi.

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida temir yo‘llar qurishi kerak - Verxoturov

"Tolibon" harakati vakilining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar AQSh harbiylari Afg‘onistonni tark etgach mamlakatda islom hukumati, islom konstitutsiyasini shakllantirishga rozilik bildirganlar.

"Aslida bu shuni anglatadiki, Afg‘onistonning 99,9% aholisi - musulmonlar, va hukumat tepasiga kelayotgan hokimiyat ham islomiydir. Konstitutsiya ham islomiy, bunga shubha yo‘q. Bu esa keyingi hukumat islomiy deb atalishini bildiradi", - degan Moskvadagi uchrashuvda toliblar delegatsiyasi rahbari Muhammad Abbos Stanikzay.

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzayga mamlakatdan amerika harbiylari chiqib ketgach, yangi hukumatni shakllantirish rejalashtirilayaptimi, deya savol berishgan. Bunga javoban Karzay: "Biz bilmaymiz, biz buni hali muhokama qilmoqdamiz", - deb aytgan. 

Shuningdek, uchrashuvda AQSh fevral oyidan boshlab, to aprel oyiga qadar Afg‘onistondan o‘z harbiylarining teng yarmini olib chiqib ketishi haqida xabar qilingan.