O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida temir yo‘llar qurishi kerak - Verxoturov

Siyosatshunos Dmitriy Verxoturov Afg‘onistonda vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Toshkentning sa’y-harakatlarini, shu jumladan, infratuzilma loyihalarini ijobiy baholadi.
Sputnik

“Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanda Verxoturov temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish afzalliklari haqida o‘z fikrlarini aytdi.

“O‘zbekiston Afg‘oniston rivojlanishi uchun ulkan hissa qo‘shmoqda. Shuning uchun temir yo‘l - bu jiddiy obyekt. U mamlakatning shimolida iqtisodiyotni butunlay o‘zgartirdi”, - dedi ekspert.

Rossiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Afg‘oniston janubi - Pokiston bilan chegarasidan shimolga O‘zbekiston bilan chegarasiga iqtisodiy faollik ko‘chib o‘tayotganligi ko‘zatilmoqda.

Izohni quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

O‘zbekiston Afg‘oniston shimolida temir yo‘llar qurishi kerak - Verxoturov