TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Rossiyalik reper Kirill Tolmaskiyning (Desl) otasi, mashhur produser Aleksandr Tolmaskiy o‘g‘lining vafotidan keyin undan kechirim so‘radi. Bu haqida o‘zining Facebookdagi sahifasida yozgan.
“Biz sen bilan gaplasha olmadik... Oldin men vafot etsam, sen dafn marosimimga kelmaysan deb qo‘rqardim... Hayot shunday qildi-ki, endi men seni ko‘mayapman... Meni kechir, balkim men haqiatdan ham yomon ota bo‘lganman??? Lekin senga bo‘lgan muhabbatim cheksiz. Bolalar - bu ota-onaning ushalgan orzusidir. Men sen bilan faxrlanaman!!! Meni kechir... Yuragim muhabbat va og‘riqdan yorilib ketay deyapti...” – deb yozgan mashhur reperning otasi.
Shunisi ma’lumki, Desl o‘z karyerasini otasi ko‘magida muvaffaqiyatli boshlagan. Lekin keyinchalik u o‘zi tanlagan yo‘nalishda mustaqil rivojlanishni istagan. Ushbu tufayli Desl va otasi orasida kuchli nizo kelib chiqqan. OAV xabariga ko‘ra so‘nggi 20-yil davomida ular bir-biri bilan muloqot qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Desl 3-fevral kuni Ijevsk shahrida konsertdan so‘ng yurak xuruji tufayli vafot etgan edi. Desl 36 yoshda edi. Uning oilasi va 14 yoshli o‘g‘li bor.