Harbiylar uchun yangi kiyim bosh eskizlari paydo bo‘ldi

Yangi harbiy kiyim boshlarni yaratishda kundalik, ishxona-ofis, dala o‘quv-mashqlari, maxsus sharoitlar hamda tantanali marosimlar uchun libos toifalari eskizlari ishlab chiqilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi ko‘rinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.

“Qulay, zamonaviy ko‘rkam kiyim harbiylar salohiyati va nufuzini yanada yuksaltirishga, yoshlarimizda vatanparvarlik, yurt taqdiri uchun daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga, yoshlikdan harbiylikka havas uyg‘onishiga xizmat qilishi shubhasiz”, - deyilgan Mudofaa vairligi xabarida.

Zamonaviy harbiy kiyim bosh yaratish uchun tashkil qilingan ishchi guruh tarkibiga kuch ishlatish va xavfsizlik tizimlari vakillari hamda malakali dizayner va olimlar, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va ekspertlari jalb qilingan.

Harbiylar uchun yangi kiyim bosh eskizlari paydo bo‘ldi

Yangi kiyimlarni yaratishda harbiy kiyim-bosh turkumida kundalik, ishxona-ofis uchun, dala o‘quv-mashq, tantanali hamda maxsus kabi toifalari hisobga olindi.

Shuningdek, harbiy kiyim-bosh uchun mato, farqlovchi belgilar va mayda detallarning sifati, chidamliligi, ixchamliligi hamda soha va xodim toifasini farqlovchi belgilar ham qat’iy inobatga olingan.

Harbiylar uchun yangi kiyim bosh eskizlari paydo bo‘ldi

– Harbiy xizmatchilar va soha xodimlari uchun yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh ishlab chiqish jarayoniga g‘oyat katta mas’uliyat bilan jiddiy va puxta o‘ylab, uzoqni ko‘zlagan holda yondashilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Rustam Mahmudov.

Harbiylar uchun yangi kiyim bosh eskizlari paydo bo‘ldi

Yaratilgan kiyim-boshlarning birlamchi namunalari harbiy qismlarda ilk qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilishi, bunda soha vakillari, harbiy xizmatchilar, yoshlar, xalq, keng jamoatchilikning fikrini chuqur o‘rganish, tahlil etish, taklif va mulohazalarni umumlashtirib, shundan so‘ng harbiy kiyim-boshlarni keng assortimentda ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Harbiylar uchun yangi kiyim bosh eskizlari paydo bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz 2017-yilning kuzida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli kuchlari uchun yangi kiyim-bosh yaratish bo‘yicha bergan topshiriq va tavsiyalar bergan edi. Shunga asosan 2018-yilning dekabr yangi namunadagi harbiy kiyim-bosh yaratish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan edi.