Rossiya uchun O‘zbekistonda harbiy baza ochish maqsadga muvofiq bo‘ladi – Mendkovich

Yevroosiyo tahlil klubi rahbari Nikita Mendkovich Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchisi Alikbek Jekshenqulov Qirg‘izistonda ikkinchi harbiy baza ochilishi mumkinligi haqida aytgan bayonotiga izoh berdi.
Sputnik

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 4-fevral kuni Qirg‘izistonga amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida Qirg‘izistonda yangi baza ochish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

Mendkovichning so‘zlariga ko‘ra, baza ochish tashabbusi Moskvadan kelmayapti.

“Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Afg‘oniston notinch chegarasi yaqinida Tojikiston yoki O‘zbekistonda kuchaytirish yoki baza ochish maqsadga muvofiq. Biroq, Qirg‘izistonda ham baza ochilishi muhokama qilinishi mumkin. Chunki Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi tahdidni kuchaytiradi. AQSh qo‘shinlarni olib chiqishga intilmoqda. Hozircha vaziyat nazoratdan chiqib ketmaguncha,  amerikaliklar “Tolibon” bilan muzokaralari ham buni isbotlamoqda”, - deydi Mendkovich Sputnik radio efirida.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Rossiya uchun O‘zbekistonda harbiy baza ochish maqsadga muvofiq bo‘ladi – Mendkovich