TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Rossiyaning "Keyterinburg" kompaniyasi Toshkentdagi bolalar bog‘chalarda autsorsing asosida ovqatlanishni ta’minlashga qaratilgan investitsion loyihani amalga oshirish haqida kelishib olishdi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan e’lon qilingan qaror loyihasida aytib o‘tilgan.
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalari uchun autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatadigan korxona tashkil qilishni rejalashtirgan. Dastlabki bosqichda loyhada Toshkentning 50ta bog‘chasi ishtirok etadi. Kelajakda ularning soni oshishi mumkin.
Loyihaga ko‘ra, har bir bog‘chaga "Keyterinburg" kompaniyasi qiymati o‘rtacha 8,4 ming dolar bo‘lgan ishlar amalga oshirishni rejalashtirgan. Xususan, bog‘cha oshxonalarni ta’mirdan chiqarish va ularni oshxona jihozlari bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Yangi qaror loyihasi 20-fevralga qadar muhokama qilinadi. Agar hujjat tasdiqlansa va kuchga kirsa, maktabgacha ta’lim vazirligi qo‘shma korxona bilan Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50ta bog‘chasiga 5-yil muddatga xizmat ko‘rsatish haqida shartnoma imzolaydi.