TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Qirg‘izistonlik model bikinida qabristonda tasvirga olingan foto-suratlar bo‘yicha Issiq-ko‘l ichki ishlar boshqarmasi tekshiruv boshladi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, bu rasmlar 4-fevral kuni Facebook tarmog‘iga joylashtirilgan.
Hozirgi vaqtda keng muhokama qilinmoqda, ko‘p mushtariylar bu holat yuzasidan keskin e’tirozlar bildirishmoqda.
4 Fevral 2019, 18:05
Tarmoqqa foto-suratlarni Artur Boljurov joylashtirdi.
Keyinchalik bu rasmlar uchirilib tashlandi. Biroq ayrim foydalanuvchilar ularni ko‘chirib olishga ulgurishdi.
Ayrim OAVlarga ma’lumotlariga ko‘ra, bu suratlar Issiq-ko‘l Kaji-Say qishlog‘ida 2008-yil yoz mavsumida olingan.
Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshladi.