Namanganlik erkak o‘z xotinini choynak bilan urib o‘ldirdi

Erkak janjal vaqtida o‘z ayoliga qarata choynakni uloqtirgan
Sputnik

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Namanganlik erkak o‘z rafiqasini choynak bilan urib o‘ldirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

"2019 yil 30-yanvar kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Q.J. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan rafiqasi N.J.ga qarata choynak otgan vaqtida choynak uning boshiga tegib jarohat olgan

Natijada ayol kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak qo‘lga olingan.