Qirg‘izistonda 14 yoshli qizini zo‘rlagan otaga nisbatan jinoiy ish ochildi

Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Qirg‘izistonning Uzgen tumanida 7-sinf o‘quvchisi homilador ekanligi aniqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Qirg‘izistonning Uzgen tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli homilador qizning otasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston O‘sh viloyati IIBsiga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ota qiziga nisbatan zo‘rlash hatti-harakatlarini sodir etganligini tan oldi.

Bundan avval huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Qirg‘izistonning Uzgen tumanida 7-sinf o‘quvchisi homilador ekanligi aniqlandi. Ushbu vahshiy zo‘rovonlik harakatlarini sodir etishda qizning 47 yoshli otasi gumon qilinadi.

Qirg‘izistondagi YTH tafsilotlari: 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“Qizning onasi 2013-yilda vafot etgan. U ikki ukasi va ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan otasi bilan yashagan. Ota huquq-tartibot organ xodimlariga qizi bilan bir necha marta jinsiy aloqa qilganligini tan oldi. Hozirda qizning olti oylik homilasi borligi aniqlandi”, - deb ma’lum qilishdi ichki ishlar boshqarmasida.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ushbu kishida ruhiy kasallik alomatlari bor. Tegishli ekspertiza tayyorlanmoqda.

Homilador maktab o‘quvchisi va uning ukalari qarindoshlar nazorati ostiga olindi. Ularning kelgusi taqdirini maxsus komissiya hal qiladi.