Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayev ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

IIBB Xonto‘rayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma’lumot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Toshkent shahar IIBB Xonto‘rayevning pichoqlanishi yuzasidan hibsga olinganlar haqida ma’lumot berdi.

 Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

Keyinroq vaziyatni hisobga olib, jinoiy ish moddalari qayta tavsiflanib, 164-moddaning 4-qismi “v” bandiga (bosqinchilik) o‘zgartirilgan. Gumonlanuvchilar 2018-yilning noyabr-dekabr oylari davomida hibsga olingan.

Mazkur jinoyatga boshqalarning aloqasi borligi yuzasidan tekshiruvlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 26-noyabr kuni o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Murod Xonto‘rayev Toshkent savdo majmuasida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgandi.