Yanvar oyida metan qimmatlashdi, propan arzonlashdi

Yanvarda O‘zbekistonda yonilg‘i narxlari o‘rtacha 0,7 %ga oshgan. Asosiy o‘sish - metan gazi hisobidan.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. O‘zbekistonda yanvar oyi davomida yonilg‘i narxlarida bir qator o‘zgarishlar kuzatildi, deb xabar qilmoqda Davlat stitistika qo‘mitasi.

2019 yilning yanvar oyida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari umumiy hisobda 0,7 foizga qimmatlashgan. Xususan, metan - 9,4 %ga qimmalashib, propan 14,4 %ga arzonlashgan. Benzin narxlari esa o‘zgarmasdan qolgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, metan gazining narxi eng ko‘p oshgan hudud – Sirdaryo viloyati (1,2 baravar) pastroq sur’atlarda esa Buxoro viloyatida (3,1 %) qimmatlashganligi qayd etilgan. Propan gazi narxlarining arzonlashishi, Jizzax va Sirdary viloyatlaridan tashqari, respublikaning barcha hududlarida kuzatilgan.