Habib Nurmagomedov Donald Trampga savol bermoqchi

Rossiyalik jangchi AQSh prezidenti bilan telefon orqali ushbu masalani hal qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov AQSh prezidentiga uning otasi va murabbiysiga AQSh vizasini berilmaganligi holati yuzasidan savol bermoqchi. RIA Novosti xabariga asosan.

Nurmagomedov o‘tgan yilning oktabr oyida Konor Makgregorni mag‘lubiyatga  uchratib, chempionlik unvonini himoya qildi.

Ushbu jangda sportchining otasi Abdumannop Nurmagomedov ishtirok eta olmadi. Chunki unga AQSh vizasi berilmadi.

“Ha, menda unga (Tramp) savol bor – otam uchun viza masalasida. Buni telefon orqali hal qilsa ham bo‘lardi”, - dedi Nurmagomedov "Match TV" telekanali efir chog‘ida.