AQShda samolyot turar joy binosi ustiga qulab tushdi – video

OAV xabarlariga ko‘ra, samolyot boshlang‘ich maktab yonida joylashgan ikkita uy binosiga kelib urilib, portlab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. AQShning Kaliforniya shtatida yengil motorli samolyot qulab tushdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda keltirilishicha, samolyot Kaliforniyada joylashgan Yorba-Linda shahridagi turar joy uylariga ustiga qulagan.

OAV xabarlariga ko‘ra, samolyot boshlang‘ich maktab yonida joylashgan ikkita uy binosiga kelib urilib, portlab ketgan. Shunday so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan.

Samolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.