Rossiyalik reper Desl 35 yoshida vafot etdi

Desl taxallusi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik reper Kirill Tolmaskiy 35 yoshida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Desl taxallusi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik reper Kirill Tolmaskiy 35 yoshida vafot etdi. Bu haqida uning otasi Aleksandr Tolmaskiy o‘zining Facebook dagi sahifasida xabar qildi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra Desl 3-fevralga o‘tar kechasi yurak xurujidan vafot etgan. Xonandaning konsert direktori Pavel Belenes ham ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Kirill Tolmaskiy 1983-yilning 22-iyulida Moskvada tug‘ilgan. Uning 2000-yilda chiqqan “Kto? Ti” nomli ilk albomi 1 million donadan ortiq sotilgan va hozirga qadar Rossiyada eng ko‘p sotilgan  musiqali disklar qatoridan o‘rin olgan.

Deslning eng ommaviy qo‘shiqlari orasida “Slezi”, “Vecherinka”, “Krov moya, krov” kabi qo‘shiqlar bor.

Rossiyalik reper Desl 35 yoshida vafot etdi