Kaluga viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 kishi qurbon bo‘ldi

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni eplay olmagani tufayli avtobus dumalab ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiyaning kaluga viloyatida sodir bo‘lgan YTHda   7 kishi qurbon bo‘ldi. Ulardan 3 nafari kattalar va 4 nafari bolalar, deb xabar qilmoqa RIA Novosti.

“Avtobusda 45 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 31 nafari bolalar bo‘lgan. Smolensk viloyatidaning Yarsevo shahri filarmoniyasi o‘quvchilari Kalugaga tanlovda ishtirok etish uchun ketayotgan bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Shifoxonaga yotqizilgan bolalarning aksariyatida turli sinish jarohatlari qayd etilgan. Bir bola og‘ir ahvolda. Kattalar o‘rtacha og‘irlikda jarohatlar olgan.

Ayni damda avtobus haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, avariya sodir bo‘lgan vaqtda trassada ushbu avtobusdan boshqa transport vositasi bo‘lmagan. haydovchi boshqaruvni eplay olmagani tufayli avtobus dumalab ketgan.

Kaluga viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 kishi qurbon bo‘ldi