Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

Toshkent shahrida VETERAN veteran-jangchilar va nogironlar birlashmasi tashkil topganining 25-yilligi hamda sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan keng ko‘lamdagi tadbirlar o‘tkazilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksandr Kovalov Toshkentda "Turkiston" saroyida o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘zbekistonlik bir qator baynalmilal jangchi-veteranlarni qimmatbaho toshli ordenlar bilan mukofotladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Xususan, O‘zbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi rahbari Tal’at Muradov O‘zbekistonda 25-yil davomida amalga oshirgan ishlari, Afg‘oniston harakatini saqlab qolgani uchun brilliant toshli orden bilan mukofotlandi.

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

"O‘zbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi rahbari Muradov Tal’at Pardayevich uzoq yillik samarali mehnat faoliyati va afg‘on urushi qatnashchilariga ko‘rsatgan ijtimoiy ko‘maklari, afg‘on urushi veteranlari an’analarini saqlab qolgani, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun brilliant toshlarga ega "Vatanga xizmat" ordeni bilan mukofotladi", - deya e’lon qildi Kovalov.

Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari chiqarilishining 30-yilligi munosabati bilan Toshkentda tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda>>>

O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari, Qurolli kuchlari akademiyasi rahbari general-mayor Aziz Ikramov yoqut toshli "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi. 

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

"O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!", - dedi Kovalovdan ordenni qabul qilib olgan Ikramov.

Shuningdek, O‘zbekiston viloyatlari hokimlari ham ordenlar bilan mukofotlandi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon Mirzayev ham yoqut ko‘zli "Vatanga xizmat" orden bilan mukofotlandi.

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

Prezident administratsiyasi xodimi Shavkat Ahmedov brilliant toshli "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi.

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

Farg‘ona viloyati hokimi,  Afg‘oniston urushi faxriysi Shuhrat G‘aniyev "Vatanga xizmat" ordeni bilan taqdirlandi.

Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afg‘on-jangchilari taqdirlandi

Qimmatbaho toshli ordenlarni o‘z egalariga topshirgan Kovalov so‘zi yakunida Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari chiqarilgani 30-yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkaziladigan tantanali tadbirga O‘zbekistonliklarni taklif etdi.

"O‘zbekiston juda go‘zal, lekin biz ham Rossiyada bor yaxshiliklarni siz bilan baham ko‘rishni istaymiz", - deya o‘z nutqini yakunladi Kovalov.