Toshkent hokimiyati ko‘chalarda suv toshish muammosini hal qilmoqchi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 1-3 fevral kunlari Shayxontohur tumani “Qoratosh” ko‘chasida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Yog‘ingarchilik mavsumida Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida suv toshishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish maqsadida, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan, 1-3 fevral kunlari Shayxontohur tumani “Qoratosh” va “Samarqand darvoza” ko‘chalari kesishmasi yaqinida (“Korzinka” supermarketi oldida) ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Toshkent hokimiyati ko‘chalarda suv toshish muammosini hal qilmoqchi

Avvalroq tinimsiz yoqqan yomg‘ir natijasida Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportini suv bosgani haqida xabar qilgandik.
Shuningdek, o‘tgan yilning may oyida yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalarida katta ko‘lmaklar hosil bo‘lib, transport vositalari hamda aholining harakatlanishiga qiyinchiliklar tug‘dirgan edi.