O‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyashaya xorijga chiqish pasportini oladi

Nadya Nepomnyashaya Sergeli tumanidagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xorijga chiqish pasportini olish uchun fotoga tushgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyashaya xorijga chiqish pasportini oladi. Bu haqda Uznews.uz xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 31-yanvar kuni Nadya Nepomnyashaya Sergeli tumanidagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida xorijga chiqish pasportini olish uchun fotoga tushgan.

Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro aeroportida 23-yanvar kuni Londondan uchib kelgan asli o‘zbekistonlik top-model Nadya Nepomnyashaya qo‘lga olingani xabar qilingandi.

U davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun ushlangan va jinoyat ishi ochilgan.

29 yoshli Nepomnyashaya Toshkentga qallig‘i — taniqli kinoproduser Maykl Greysi bilan pasportida viza varaqlari to‘lgani sabab uni xorijiy pasportga almashtirish uchun uchib kelgandi.