Yer ajratish bo‘yicha tuman hokimi qarorini chiqartirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Rishton tumanida tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun yer ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 dollar olayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining telegram-kanali xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha,  Departamentning Rishton tuman bo‘limi va DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Rishton tumani “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi” direktori I.K. fuqaro N.K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun 6 gektar yer ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchiga  nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.