Moskvada Islom Karimov xotirasi yod olindi

Islom Karimov xotrasi kunida O‘zbekiston Birinchi prezidenti yodgorligi poyiga gullar qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Ushbu kunlarda O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida Islom Karimov xotirasi kuni nishonlanmoqda.

Kecha O‘zbekiston elchixonasi vakillari hamda Moskvada o‘qiyyotgan talabalar O‘zbekiston Birinchi prezidenti haykali poyiga gul qo‘yishdi, deb xabar qilmoqda Karimov fondi.

Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi Islom Karimov haykalining ochilish marosimi 2018-yilning 18-oktabrida bo‘lib o‘tgan edi. Britaniyalik haykaltarosh tomonidan yasalgan ushbu haykal O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yaqinidagi Islom Karimov nomli xiyobonda o‘rnatilgan.

Moskvada Islom Karimov xotirasi yod olindi