Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi

Universitet binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, piyodalar va velosiped yo‘laklari, qulay o‘rindiqlar qurilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yo‘laklari, maxsus velosiped yo‘llari, avtomashinalar uchun esa 400 o‘rinli avtoturargohlar barpo etilmoqda.

Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi

5600 kv.metr avtomobil yo‘llari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi, 11 ming kv.metrga yashil maysalar yotqiziladi,  1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi.  

Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Universitet rahbariyati tomonidan bino hududidagi himoya panjaralari olib tashlandi.

“Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr so‘raydi. Ushbu qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi”, - deyilgan xabar so‘nggida.

Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi