Dunyodagi eng qimmatbaho zargarlik buyumlar

Sputnik

Eng qimmat zargarlik buyumlari asosan olmos toshlaridan qilingan.

Yorqin zargarlik buyumlari qiziqarli tarixga ega. Bu o‘z navbatida odamlarda ularga yanada ko‘proq qiziqishni oshiradi.

1 / 10
1952 yilda mashhur "Kartye" firmasi tomonidan oniks va olmosdan tayyorlangan bilaguzuk. 2010-yilda Sotbis auksionidan bu qimmatbaho buyum anonim shaxs tomonidan sotib olingan.
2 / 10
Og‘irligi 14,23 karat bo‘lgan pushti rangli olmos Gonkongdagi “Kristis” auksionidan 23,2 million dollarga anonim shaxsga sotilgan.
3 / 10
2013 yilda Incomparable nomli olmos marjoni Mouawad brendi tomonidan tayyorlangan. Uning narxi 55 million dollar. Vazni 637 karat.
4 / 10
Bilaguzuk-soat haqiqiy san’at asari hisoblanadi. Unda uchta rangdagi olmos toshlari bilan bezatilgan – umumiy vazni – 38 karat. Soatning umumiy vazni 200 karatni tashkil qiladi. Bu soat dunyoda eng qimmat soatlar ro‘yxatiga kirgan.
5 / 10
Graff Diamond ustaxonasi tomonidan tovus shaklida tayorlangan bu go‘zal san’at asarining narxi 100 million dollarni tashkil qiladi.
6 / 10
"Vittelsbax" olmosi. 2008-yilda 10-dekabr kuni 24,3 million dollarga sotildi. Bu zargarlik buyumini britaniyalik zargar Lorens Graff sotib oldi.
7 / 10
Xatton-Mdivani marjoniga ko‘p yillar davomida taniqli shaxslar – Vulvorta, Barbara Xatton va malika Nina Mdivani egalik qilishgan. Bu buyum 27 dona juda noyob toshlardan iborat.
8 / 10
Hashamatli zargarlik buyumi Napoleon rafiqasi Yevgeniya III ga tegishli bo‘lgan. 2011-yilda Sotheby’s auksionida 12,76 million dollar anonim xaridorga sotildi.
9 / 10
Hope Diamond olmosi – 45,52 karatli yirik olmos toshi hisoblanadi. Vashingtongdagi tarix muzeyida saqlanmoqda.
10 / 10
Victoria’s Secret shou-brendi o‘zining 23-yillik faoliyatida Fantasy Bra buyumlari tayyorlashga jami 140 million dollarni sarfladi. Eng arzoni Million Dollar Miracle Bra buyumini supermodel Klaudiya Shiffer namoyish qildi. Eng qimmat bo‘lgani Red Hot Fantasy Bra 2000-yilda Jizel Bundxen tomonidan ko‘rsatilgan. Uning narxi 15 million dollar.