Toshkent hokimi "Akva" kompaniyasidan nega voz kechmasligini tushuntirdi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev jurnalistlarga hokim bo‘lgach nega "Akva" kompaniyasini sotmaganini tushuntirishiga to‘g‘ri keldi
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev bugun bo‘lib o‘tgan brifingda butun dunyoda ommabop bo‘lgan va siyosatchiga aylangan milliarderlarga birinchi bo‘lib beriladigan: "Biznesdan voz kechasizmi?" mazmundagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Jahongir Artikxo‘jayev senator bo‘ldi

Toshkent hokimi o‘z javobi davomida "Akva"da haqiqatda o‘z ulushiga egaligini, ammo hokim bo‘lgach, boshqaruvni boshqalarga topshirganini qayd etdi.

"Akva" haqiqatdan mening 20-yillik kompaniyam. Men o‘zim yaratganman kompaniyani. To‘g‘risini aytsam, hokim bo‘lishim tushimga ham kirmagan, yarim soat oldin eshitganman ... Yigirma yillik kompaniyani 31 ming ishchisi bilan shundoq tashlab ketish... Prezidentimiz shu yerda orttirgan tajribalaringni (boshqaruvda qo‘llaysan) .... deb hokim qilib tayinlaganlar. U yerdagi (kompaniyadagi) boshqaruvni boshqa insonlarga, shogirdlaringga tashlab ketgin degan talab bo‘lgan. Lekin "hissangni bergin", degan talab bo‘lmagan. Buni bir o‘ylab ko‘rishim kerak. Agar cho‘ntagimda "Boing" aksiyasi bo‘lsa, nima deb o‘ylaysiz, men hokim bo‘lib bervorishim kerakmi?! Yoki aytaylik Apple aksiyasi bo‘lsa qo‘limda?.. Men "Akva"ni boshqarmayman. Hokim bo‘ldim, deb sotishim kerakmi?", - deya murojaat qildi jurnalistlarga Artikxodjayev.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, "O‘zbekistonda bugungidek taraqqiyot bo‘layotgan bir vaqtda "Akva" kompaniyasining chetda qarab turishga haqqi yo‘q".

"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar

"U O‘zbekistonda, Toshkentda obro‘ga, qudratga, o‘z kuchiga ega va iqtisodiy rivojlangan kompaniya hisoblanadi. O‘z o‘rnida, prezidentimiz Toshkentda davlat tadbirlarini o‘tkazish uchun kongress-xoll va mehmonxona qurish kerak, deya taklif bildirdilar ya’ni O‘zbekistonda katta anjumanlarni o‘tkazish uchun yetarli darajadagi kongress-xoll. Albatta, buni Akfa Dream World (Akfa Group tarkibidagi kompaniya) o‘z zimmasiga oldi. Lekin bu bino bitirilib hukumatga topshiriladi, bundan daromad manbai sifatida foydalanilmaydi", — dedi qat’iy hokim va "Qani aytingchi, O‘zbekistonda bunday kompaniya boshqa bormi?", deya jurnalistga savol berdi.

Artikxodjayev, shuningdek, kompaniya shogirdlari boshqaruvida foyda yoki zarar qilishini ham bilmasligini qayd etib o‘tdi.