O‘zbekistonda sobiq mahbuslarning 88 foizi ish bilan ta’minlandi - Qutbiddinov

Bugungi kunda O‘zbekistonning har 100 ming aholisiga 140 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yil bilan taqqoslaganda 10%dan ortiqqa pasaygan. Ushbu kamayish mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayishi bilan bog‘liqdir
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. 2018-yilda jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilinganlarni 88%i ish bilan ta’minlandi, deb bayonot qildi chorshanba kuni O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Qutbiddin Burhonov.

O‘ch olish, rashk va meros mojarosi: O‘zbekistonda maishiy qotilliklar sabablari va statistikasi

"Bu kabi ishlar shu paytgacha O‘zbekistonda bo‘lmagan. O‘tgan 2018-yildan boshlab ichki ishlar idoralari xodimlari ozodlikdan mahrum bo‘lgan joylardan chiqqandan keyin ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy masalalarini ham hal qilib kelmoqda", - deya tushuntirdi IIV vakili.

Ta’kidlanishicha, mahbuslarning 24%ga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 2018-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar49,1 %ga kamayishiga erishilgan.

Brifingda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning har 100 ming aholisiga 140 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yil bilan taqqoslaganda 10%dan ortiqqa pasaygan. Ushbu kamayish mamlakatda jinoyatchilik darajasi pasayishi bilan bog‘liqdir.

O‘zbekiston IIV jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari Jamshid Sultanovga ko‘ra, jazoni ijro etish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan har 30 chi mahbus - ayol kishidir.