Bojxona qo‘mitasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident qaroriga muvofiq Asamov Anvar Damirovich Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 29-yanvardagi qaroriga muvofiq shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Asamov Anvar Damirovich Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, prezidentning shu qarori bilan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.