O‘zbekistonda birinchi osma ko‘prik qayerda qurilmoqda?

O‘zbekistonda birinchi osma ko‘prik Toshkentdagi “Navro‘z” bog‘ida qurilmoqda.
Sputnik

Toshkentda Anhor kanali bo‘yida joylashgan “Navro‘z” bog‘ida O‘zbekistonda birinchi osma ko‘prik barpo etilmoqda. Yangi ko‘prik piyodalar uchun mo‘ljallangan. 

Ko‘prik 3 qismdan iborat: uning asosiy qismi va qo‘shimcha yo‘laklar. Asosiy qism uzunligi 90 metrni tashkil qiladi. Ko‘prik tarkibida shuningdek 30 metr pilon, 20 ta po‘lat simlar, 26 ta ustun bor.

Osma ko‘prik “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning 1-ko‘prik qurish otradi hamda Rossiyaning “Kurganstalmost” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilmoqda.