O‘zbekiston tadbirkorlari Afg‘oniston bilan biznesni yo‘lga qo‘yishlari mumkin

Afg‘onistonga o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarni eksport qilish yuzasidan tijorat takliflarini 5-fevralga qadar yo‘llashlari mumkin
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan Afg‘oniston Islom Respublikasida amalga oshirilayotgan turli loyihalar, grantlar, hayriya yordamlari doirasida zarur bo‘ladigan mahsulotlar bo‘yicha O‘zbekistondan yetkazib berish mumkin bo‘lgan mahsulotlar yuzasidan takliflar tayyorlanmoqda.

Afg‘oniston muammolari Markaziy Osiyoning barcha davlatlarini tashvishlantiradi – Turdenev

Bunda Afg‘onistonga oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari, tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal, kimyo, metallni qayta ishlash, rezina mahsulotlari va plastmassa sanoatidagi turli xalq iste’mol tovarlari, nooziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati mavjuddir, deb xabar qiladi O‘z SSP Axborot xizmati 

Shu munosabat bilan Afg‘onistonga o‘z mahsulotlarini eksport qilish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarni eksport qilish yuzasidan tijorat takliflarini 2019-yil 5-fevralga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasining g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etish so‘ralmoqda.