Qirg‘izistondagi YTH tafsilotlari: 5 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“Neksiya” rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘ldan furgon avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 — Sputnik. Qirg‘izistonning Batken viloyatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV xabar qildi.

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida YTH sodir bo‘ldi

Xabarda yozilishicha, 2019-yil 28-yanvar kuni soat 21:00larda Qirg‘iziston Respublikasi Batken tumani hududidan o‘tuvchi “O‘sh-Batken-Isfana” avtomobil yo‘lining 207-km.da harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtomobil qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan Qirg‘iziston Respublikasining “Mersedes-Sprinter” rusumli furgon avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida “Neksiya” avtomobili haydovchisi hamda uning to‘rt nafar yo‘lovchisi (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) voqea joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, vafot etgan fuqarolarning jasadlari Batken tuman shifoxonasi morgiga olib borilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2018-yilda YTH natijasida qancha odam halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgandik.