Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Shimoliy Osetiyada qaylig‘ini muvaffaqiyatsiz olib qochish videosini qizg‘in muhokama qilishmoqda.
Avvalroq ijtimoy tarmoqlarda papaxa kiygan yigit savdo markaziga kirib ketayotgan qizning oldiga yugurib kelib, so‘ngra yigitlardan biri qizning ustiga burka tashlashi, keyin esa qizning ko‘tarib olib, tezroq mashina oldiga olib borishga urinishi tavsirlangan video paydo bo‘lgandi.
Biroq hammasi ko‘ngildagidek bo‘lmadi: yo‘lda yigit avvaliga zinapoyalarni ko‘rmasdan, keyin esa qoqilib ketib, qizni ikki marta tushirib yuboradi va o‘zi ham u bilan birga yiqilib tushadi.
Shimoliy Osetiyada politsiya qizni olib qochish fakti bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni boshladi.