Ot mingan erkak supermarketga kirib keldi - video

Supermarket mijozi mast bo‘lganligi taxmin qilinmoqda
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Qirg‘izistonlik erkak ot mingan holda supermarketlarning biriga "mo‘ralashga" qaror qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Instagram foydalanuvchilaridan biri voqea videosini e’lon qilgan.

Rolikda ot mingan erkak zinalardan ko‘tarilib, marketga kirib ketgani aks etgan. Ammo xavfsizlik xizmati shu zahoti bu g‘alati mehmonni supermarketdan chiqarib yuborgan.

"Taxminlarga ko‘ra, mijoz mast holda bo‘lgan, voqea esa Tokmokda ro‘y bergan", - deb yozadi nashr.