Avstraliyada g‘aroyib tabiat hodisasi qayd etildi - video

Yangi Janubiy Uels shahrida istiqomat qiluvchilar tabiatning noyob hodisasiga guvoh bo‘lishdi.
Sputnik

Internet foydalanuvchilar bu sirli hodisani keng muhokama qilishmoqda.

Uni avstraliyalik Demiyen Noks tasvirga oldi. Videoda bulut tez aylanayotganligini ko‘rish mumkin.

Bu masalaga Melburn universiteti professori Tod Leyn oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa issiq va covuq havo natijasida yuzaga keladi. Ya’ni, sovuq havo pasayadi, issiq havo esa aksincha yuqoriga ko‘tariladi, buning oqibatida bulut aylanishini keltirib chiqaradi.