TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. To‘yib uxlamaslik va tungi bedorlik DNK tuzilishining zararlanishini keltirib chiqaradi, deb ma’lum qilishdi Gonkong universiteti olimlari. Tadqiqot natijalari Anaesthesia jurnalida chop qilindi.
Tungi smenada ishlash DNKning oksidlanish zararini kuchaytiradi, oqibatda jiddiy surunkali kasalliklar xavfi oshadi.
Tadqiqot mualliflari o‘zlarida sinov o‘tkazishdi. Hamisha tungi soatlarda ishlagan shifokorlar ish tugashi bilanoq tahlil uchun qon topshirishgan.
Olimlar: ayollarning xiyonatga moyilligini barmoq uzunligiga qarab aniqlash mumkin
Tunda ishlagan kishilar DNKsining zararlanish darajasi, kunduzi ishlab, tunda dam olgan xodimlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lgani qayd etilgan.
Avvalroq Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uyg‘onuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi ayollarga nisbatan 40-48 % ga kamroq ko‘krak bezi saratoni duchor bo‘lishdan yiroq bo‘lishlarini aniqlashgani haqida xabar bergandik.