TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Toshkentning uch tumanida issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. U haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Yashnobod, Mirobod, Sergeli va Bektemir tumanlarida 2019-yil 28-yanvar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi”, - deyiladi xabarda.
Vaqtinchalik cheklov qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilangan hududlarda gaz tarmoqlarini demontaj qilish ishlariga bog‘liq.