TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. 2019-yil 26-yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Birlik mahallasida joylashgan "Qog‘oz va yelim idishlar qabul qilish" punkti qorovulxonasida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, shu yerda bo‘lgan ushbu punktning qorovuli A.Q. kuyish jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.