TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Parkent tuman inspeksiyasi qariyb 200 ta daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlanganini aniqladi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Inspektorlar Parkent tumanidagi «Qo‘shchinor» istirohat bog‘i hududida 280 tup aylant, qayrag‘och, archa va akatsiya daraxti tagidan kesib tashlanganini aniqladi. Daraxtlar o‘sgan yerda sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.
Tashkilotchilarning Parkent tumani hokimiyatining daraxtlarni tag qismidan kesishga ijozatnomasi bo‘lgan. Biroq unda 82 tup: 35 tup aylant, 15 tup qayrog‘och, 10 tup terak, 10 tup akatsiya va 12 tup archa ko‘rsatilgan.
Shunday qilib, 198 ta daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlangan. Yetkazilgan zarar miqdori 229,9 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekistonda daraxtlarni kesish bo‘yicha meyoriy hujjat ishlab chiqilmoqda
Aniqlangan qonunbuzarlik bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga taqdim etildi.