TOShKENT, 28 yanv – Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 29-yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 6,76 so‘mga ko‘tarilib, 8 384,94 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 50,44 so‘mga oshib, 9 568,89 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,76 so‘mga oshdi va 127,09 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.