Toshkentda jahon futboli yulduzi Roberto Karlos tantanali kutib olindi

Tashrif rejasiga ko‘ra, yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Jahon futboli yulduzi Roberto Karlos Toshkentga yetib keldi. U uchgan samolyot soat 09:30da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Tashrif rejasiga ko‘ra, soat 12:00da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Keyin shu yerning o‘zida faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda jahon futboli yulduzi Roberto Karlos tantanali kutib olindi

Uchrashuv 10 daqiqadan 2ta taym davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta taymdan maydonda to‘p suradi.

Toshkentda jahon futboli yulduzi Roberto Karlos tantanali kutib olindi

Soat 15:00da Roberto Karlos A.P.Xlebushkina nomidagi Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi va ularga sovg‘alar taqdim qiladi.

Toshkentda jahon futboli yulduzi Roberto Karlos tantanali kutib olindi

Soat 16:00da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.