Jahon chempioni O‘zbekiston uchun to‘p kiritdi: afsonaviy futbolchining tashrifi qanday o‘tmoqda

Afsonaviy futbolchiga chopon va do‘ppi sovg‘a qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. 2002-yil jahon chempioni va “Real” sobiq o‘yinchisi Roberto Karlos Toshkentda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Shuningdek, Karlos yoshlar uchun master-klass o‘tkazib, o‘rtoqlik uchrashuvda ishtirok etdi.

Afsonaviy futbolchiga milliy chopon va do‘ppi sovg‘a qilindi.

Roberto Karlos turli futbol maktab o‘quvchilari uchun master-klass o‘tkazdi.

Keyin futbol yulduzi O‘zbekiston futbol fahriylari bilan o‘rtoqlik uchrashuvda ishtirok etdi.

Ushbu o‘yinda “Paxtakor” va terma jamoaning oldingi uyinchilari Azamat Abduraimov, Viktor Karpenko, Zayniddin Tadjiyev, Ildar Magdeyev, Bahodir Axmedov, Aleksandr Xvastunov, Aleksey Roshin ishtirok etdi.

Roberto Karlos 10 minut ichida o‘ynab, O‘zbekiston terma jamoasi uchun to‘p kiritdi.

Uchrashuv 2-1 hisobda O‘zbekiston jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu bilan birga, taniqli o‘yinchi mehribonlik uy tarbilanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblariga sovg‘alar topshirdi.