TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. Ob-havoning sovuqligiga qaramasdan “Toshkent Brodvey” ko‘chasi asta-sekin uyg‘onmoqda.
Har kuni yoshlar ko‘chada yig‘ilib, turli raqs bellashuvlarini o‘tkazishmoqda. Internetda “Toshkent Brodvey”da yoshlar qanday vaqt o‘tkazishi tasvirga olingan video va foto-suratlar paydo bo‘lmoqda.
Ko‘pchilik mushtariylar “Brodvey” nihoyatda tiklanayotganligi haqida yozishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasidan Sayilgoh ko‘chasiga o‘tsa bo‘ladi. Bu ko‘cha xalq orasida “Brodvey” deb ataladi. Ko‘chaning ikki tomonida turli rassomlarning asarlarini va eslatik sovg‘alarni sotib olsa bo‘ladi.
O‘tgan yil yoz mavsumida Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida, uni Brodvey deb ham atashadi, birinchi bepul shahar Wi-Fi zonasi o‘rnatilgandi.