Nesterov Saudiya jamoasiga o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Nesterov Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasiga o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasining yengilmas darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya jamoasiga o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘FA o‘zining telegram kanalida. 

"O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov "Lokomotiv" klubidan Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasiga o‘tdi. Ignatiy Nesterovga yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!", - deyilgan xabarda. 

Ignatiy Mixiylovich Nesterov, 1983-yilda tug‘ilgan, 35 yoshda. O‘zbekiston jamoasining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. Nesterov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, Osiyo kubogida 5 marotaba ishtirok etib o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.

Nesterov futbolda karyerasini Samarqandning “Dinamo” jamoasida boshlab, keyin Toshkentning “Paxtakor”, “Bundodkor” va “Lokomotiv” jamoalarida to‘p surgan. Nesterov Osiyo Kubogidan oldin ushbu turdan so‘ng o‘zining milliy jamoa tarkibidagi karyerasini yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.