Hindiston dunyodagi eng yengil Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Sun’iy yo‘ldosh bilan birga, raketa PSLV-44 kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy yo‘ldoshi yetkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 yanv – Sputnik. Hindiston 2019-yildagi birinchi - Kalamsat-V2 sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Ushbu yo‘ldosh bir hafta ichida talabalar tomonidan yig‘ilgan va yog‘och kursidan ham yengilroq, deb xabar qildi RIA Novosti, Hindistonning NDTV telekanaliga tayanib.

Okean tubiga sayohat: Moviy tuynuk sirlari ochildi

Xabarda yozilishicha, sun’iy yo‘ldoshning og‘irligi 1,26 kilogrammni tashkil qiladi. U uzunligi taxminan 10 santimetr bo‘lgan qirralarga ega o‘ziga xos kub ko‘rinishiga ega. Yo‘ldosh yaratilishiga taxminan 120 ming rupiy (1,7 ming dollar) sarflangan. Sun’iy yo‘ldosh bilan birga, raketa PSLV-44 kosmosga Hindistonning 740 kilogrammlik Microsat-R harbiy yo‘ldoshi yetkazdi. U Yerdagi obyektlarning yuqori aniqlikdagi fotosyomkasi uchun mo‘ljallangan.

Kalamsat sun’iy yo‘ldoshning birinchi versiyasi 2017-yilda Tamilnad shtadidagi talabalar va o‘quvchilarning birgalikdagi urinishlari natijasida yaratilgan. Uning og‘irligi 64 grammni tashkil qilgan, biroq u Kalamsat-V2dan farqli o‘laroq Yer orbitasiga olib chiqilmagan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hindistonlik talabalar yutug‘ini yuqori baholadi va hamma ishtirokchilarni muvaffaqiyatli uchirish bilan qutladi. O‘zining samimiy dil izhorlarini Twitter sahifasida yozib qoldirdi.