Jonga tegdi: Malayziya qiroli 2 oylik nikohdan so‘ng rus modeli bilan ajrashmoqda

Malayziya qiroli Muhammad V va rus modeli Oksana Voyevodina hissiyotlar so‘ngani va tez-tez bo‘layotgan janjal tufayli ajrashishga qaror qildilar, deb xabar qilmoqda dunyo OAVlari
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Malayziya qiroli Tuanku Muhammad V Kelantan Sulton r"Miss Moskva" unvoniga ega rus modeli - Oksana Voyevodina bilan ajrashishga qaror qildi.

Hashamatli va antiqa: sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopraning to‘yi nima bilan esda qoldi

Ikki oy oldin nikohdan o‘tgan juftlik munosabatlari darz ketgani aytilmoqda.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh kelin-kuyolar his-tuyg‘ulariga sovuqlik oralagan, ular tez-tez janjallashishmoqda.

Ayni vaqtda barcha tomonlar ajrim jarayoni uchun hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 49 yashar Malayziya qiroli va 25 yashar rossiyalik sohibjamolning nikoh to‘yi 22-noyabrda Podmoskovyeda bo‘lib o‘tgan. To‘y marosimida mehmonlarga faqatgina halol yeguliklar uzatilgan, spirtli ichimlik berilmagan.

Jonga tegdi: Malayziya qiroli 2 oylik nikohdan so‘ng rus modeli bilan ajrashmoqda

Shuningdek, yanvar oyi boshida Muhammad V o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan voz kechayotgani haqida e’lon qilingan edi. Qirol nima sababdan bunday qarorga kelgani ochiqlanmagan.