Tojikiston militsiyasi politsiyaga aylantirilmoqda

Yangi forma namunalari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga bahorda tasdiq uchun kiritiladi
Sputnik

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga mamlakat militsiya xodimlarining yangi formasini taqdim etishadi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

"Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda

Tojik militsiyasining yangi formasi mamlakat yetakchisiga bahor faslida tasdiqlatish uchun olib kiriladi.

Militsiyadagi islohotlar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Farhodbek Shodmonzod so‘zlariga ko‘ra, yangi formani avvalo Dushanbedagi patrul-post xizmati xodimlari, avtoinspektorlar kiyishadi.

Ta’kidlanishicha, yangi formada "militsiya" o‘rniga "politsiya" deb yozilgan bo‘ladi.

Militsiya formasi bo‘yicha tanlov 2018-yil sentabr oyida start olgan. Tanlov ishtirokchilari, militsiya formasining yangi ko‘rinishdagi qishki namunalari, demisezon kurtkalar, kitellar, shimlar, yubkalar, bosh kiyimlari va poyabzallarini yaratishlari kerak edi.